Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 25958 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati sub’ektlaridir.

Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.

Jamoatchilik nazoratining ob’ekti, davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining:
  • qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olishga;
  • fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta’minlashga;
  • o‘z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan vazifalar va funktsiyalarni bajarishga;
  • davlat xizmatlarini ko‘rsatishga;
  • ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati jamoatchilik nazoratining ob’ektidir.

Jamoatchilik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:
  • davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar;
  • davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish;
  • jamoatchilik muhokamasi;
  • jamoatchilik eshituvi;
  • jamoatchilik monitoringi;
  • jamoatchilik ekspertizasi;
  • jamoatchilik fikrini o‘rganish;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish.

Jamoatchilik nazorati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Chat