Urug‘chilik — urug‘liklarni etishtirish, saqlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish, shuningdek urug‘liklarning genetik (nav) hamda ekinboplik sifatini aniqlash bilan bog‘liq faoliyat.
Ekinboplik sifati — urug‘likning ekish uchun yaroqliligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar majmui.
Yangi tizimda qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifati ikki bosqichda baholanadi.
Birinchi bosqichda urug‘lik maydoni aprobatsiyadan o‘tkazilib, navdorlik baholanadi va navdorlik guvohnomasi rasmiylashtiriladi. Ikkinchi bosqichda urug‘lik akkreditatsiyalangan laboratoriyada sinovdan o‘tkazilib, natija bo‘yicha ekinboplik xulosasi beriladi.
Urug‘liklarni etishtirish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektining arizasi asosida raqamli QR-kodli yorliq vakolatli Markaz tomonidan 3 ish kuni ichida beriladi.
Mahalliy urug‘liklar bo‘yicha navdorlik guvohnomasi va urug‘lik qabul qilinganini tasdiqlovchi hujjatlar, import urug‘liklar bo‘yicha esa qonunchilikda belgilangan fitosanitariya va sifat hujjatlari tekshiriladi.
2026-yil 1 yanvardan mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tadbirkorlik sub’ektlariga:
2026-yildan qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa yuridik shaxslar o‘z erlariga ekilgan urug‘lik va olingan hosil to‘g‘risidagi ma’lumotlarni er konturlari kesimida Qishloq xo‘jaligi vazirligining axborot tizimiga kiritib borishi kerak.
Urug‘ ekilgan yoki hosil yig‘ib olinganidan keyin ma’lumotni 1 oy ichida kiritmaslik yoxud noto‘g‘ri kiritish belgilangan tartibni buzish deb baholanadi.
QR-kodli yorliqsiz va ijobiy ekinboplik xulosasisiz urug‘likni realizatsiya qilgan tadbirkorlik sub’ektiga 150 BHMgacha ma’muriy jarima qo‘llanishi mumkin.
Eslatma: qishloq xo‘jaligi urug‘ligini sotib olishda uning QR-kodli yorlig‘i va ijobiy ekinboplik xulosasi mavjudligini tekshirish muhim.