Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17612 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi doimiy faoliyat yurituvchi sud hokimiyati organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.

Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
  • O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini ko‘rib chiqadi;
  • konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi;
  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi.

Quyidagilar Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega:
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman);
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi;
  • Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida to‘rtdan bir qismidan iborat deputatlar guruhi;
  • Senat a’zolari umumiy sonining kamida to‘rtdan bir qismidan iborat senatorlar guruhi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori;
  • O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi;
  • Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy markazi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil.

  • Agar qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning fikricha, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq kelmasa hamda sudda ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan bo‘lsa va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, ular qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqlidir.

Konstitutsiyaviy sudga murojaat yozma yoki elektron shaklda yuboriladi. Elektron shaklda yuborilgan murojaat elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

Murojaatda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
  • Konstitutsiyaga muvofiqligi tekshirilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, u e’lon qilingan manba, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining va qonunining sharh berilishi lozim bo‘lgan qoidalari;
  • murojaatni Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqishning huquqiy asoslari;
  • qo‘yilgan masala yuzasidan murojaat qiluvchining nuqtai nazari va murojaatni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli normalariga havola qilingan holdagi huquqiy asoslantirish;
  • murojaat qiluvchining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan eri, pochta manzili yoki yashash joyi, vakil va uning vakolatlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar, bundan vakillik lavozim bo‘yicha amalga oshiriladigan hollar mustasno;
  • ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.

  • Murojaatda murojaat qiluvchi ishni hal etish uchun zarur deb hisoblagan boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Chat