Geodeziya va kartografiya faoliyati Erning shakli, tashqi gravitatsiya maydoni, er sathidagi nuqtalar koordinatalari va ularning o‘zgarishlarini aniqlash, geodeziya tarmoqlarini yaratish hamda xaritalar, rejalar va geofazoviy ma’lumotlarni tayyorlashga qaratilgan faoliyatdir.
Uning ob’ektlari:
Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi — Kadastr agentligi.
U sohada davlat siyosatini amalga oshiradi, geodeziya va kartografiya ishlarini muvofiqlashtiradi, davlat hisobini, kartografiya-geodeziya fondini va davlat geodeziya nazoratini yuritadi.
Geodeziya va kartografiya ishlari:
Umumdavlat ahamiyatiga molik ishlar davlat geodeziya tarmoqlari, topografik xaritalar, davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish, davlat kadastrlari hamda boshqa umummilliy vazifalar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Geodeziya va kartografiya faoliyati yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Faoliyatni boshlashdan oldin Kadastr agentligi belgilangan tartibda xabardor qilinishi kerak.
Xabardor qilish geodeziya yoki kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish talabini avtomatik ravishda bekor qilmaydi. Qonunchilikda nazarda tutilgan ishlar alohida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Umumdavlat va maxsus ahamiyatga molik ishlar ro‘yxatga olinadi. Ayrim tarmoq ishlari Vazirlar Mahkamasi belgilagan ro‘yxat asosida ro‘yxatga olinmasdan bajarilishi mumkin.
Ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaror:
Arizani ko‘rib chiqish jarayoni texnik loyiha yoki dasturning ekspertizasini ham qamrab oladi.
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bajarilgan umumdavlat ahamiyatiga molik ishlar natijasida olingan materiallar ekspertizadan o‘tkaziladi.
Ekspertizada materiallarning:
Geodeziya punktlari joylashgan er uchastkalari, binolar yoki inshootlarning huquq egalari:
Geodeziya punktiga shikast etkazgan yoki uni yo‘q qilgan shaxs tiklash va qayta qurish xarajatlarini qoplaydi.