Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 33046 marta o'qildi

Qachon tovarni chegara orqali olib o‘tish boshlangan hisoblanadi?

Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tishga bevosita qaratilgan harakatlarga, jumladan:

  • jismoniy shaxsning bojxona nazorati zonasiga kirishi;
  • transport vositasining chegaradan o‘tish maqsadida Davlat chegarasidan o‘tkazish punktiga kirishi;
  • tovarlarni chetga jo‘natish yoki olib kirish uchun transport tashkilotiga topshirish;
  • xalqaro pochta yoki kurьerlik jo‘natmasini operator yoki provayderga topshirish kiradi.

Tovar olib kirilganda qanday tartib amal qiladi?

Tovar yoki transport vositasi bojxona hududiga kirganda tashuvchi uni belgilangan bojxona organiga yoki boshqa belgilangan joyga etkazishi shart. Bunda tovarning holatini o‘zgartirish, o‘ramini buzish yoki unga qo‘yilgan bojxona identifikatsiya vositalarini shikastlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs tovar va transport vositasi O‘zbekiston bojxona hududiga amalda etib kelguniga qadar ular haqida dastlabki axborot taqdim etishi mumkin.

Tovar olib chiqilganda nima talab qilinadi?

Tovarni bojxona hududidan olib chiqishdan oldin u tegishli bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak. Zarur hollarda bojxona deklaratsiyasi, transport hujjatlari va qonunchilikda nazarda tutilgan ruxsat xususiyatiga ega hujjatlar mavjudligi tekshiriladi.

Chegara orqali olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari bojxona nazorati hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi.

Eslatma: tovar va transport vositalarini bojxona chegarasidan qonunchilikda belgilanmagan joylar orqali olib o‘tishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunda nazarda tutilgan alohida holatlar bundan mustasno.

Chat