Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9912 marta o'qildi

Bojxona to‘lovlari bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki qabul qilinishi bilan bir vaqtda to‘lanadi.

  • Bojxona to‘lovlari to‘lovchi tomonidan bojxona organlarining qonun hujjatlariga muvofiq shu maqsadlarda ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga to‘lanadi.
  • To‘langan bojxona to‘lovlari tovar chiqarib yuborilgan kundan yoki to‘lanishi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruviga bog‘liq bo‘lmagan bojxona to‘lovlari uchun bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kundan e’tiboran 5 ish kuni ichida bojxona organlari tomonidan Davlat byudjetiga o‘tkaziladi.
  • Bojxona to‘lovlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‘lanadi.

 Bojxona to‘lovlarini kechiktirib va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish shartlari

Kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini olish uchun to‘lovchi bojxona organiga:
  • bojxona to‘lovlari summalarini to‘lash bo‘yicha yozma majburiyatni o‘z ichiga olgan arizani;
  • bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.

Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilganda ularning summalarini to‘lash muddatlari

Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash bojxona organlariga tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar yoxud shunday ta’minlashni nazarda tutuvchi harakatlar amalga oshirilguniga qadar taqdim etilishi kerak.

Chat