Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 21854 marta o'qildi

Bojxona to‘lovlari qachon to‘lanadi?

Umumiy qoidaga ko‘ra, bojxona to‘lovlari bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki u qabul qilinishi bilan bir vaqtda to‘lanadi.

Ayrim tovarlar va bojxona rejimlari uchun qonunchilikda alohida to‘lov muddatlari belgilanishi mumkin. To‘lov muddati buzilsa, qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanadi.

To‘lov qanday amalga oshiriladi?

Bojxona to‘lovlari to‘lovchi tomonidan bojxona organining shu maqsad uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘lanadi.

To‘lovchi bojxona deklaratsiyasi qabul qilinishidan oldin kelgusi to‘lovlar uchun dastlabki pul mablag‘larini ham ushbu hisobvaraqqa o‘tkazishi mumkin. Bu mablag‘lar to‘lovchining ko‘rsatmasiga ko‘ra bojxona to‘lovlari, penya va foizlar, qarzdorlik yoki to‘lovlarni ta’minlash uchun ishlatilishi mumkin.

To‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?

Qonunda nazarda tutilgan hollarda bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi. Umumiy muddat deklaratsiya qabul qilingan kundan boshlab 14 kalendarь kundan kam va 60 kalendarь kundan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarish uchun olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek ayrim kichik tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi sub’ektlarining o‘z ehtiyojlari uchun olib kiradigan tovarlariga nisbatan qonunda belgilangan hollarda 120 kalendarь kungacha muddat berilishi mumkin.

Qanday hujjatlar kerak?

Kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun bojxona organiga:

  • to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha yozma majburiyatni o‘z ichiga olgan ariza;
  • bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Ariza berilgan vaqtda bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik mavjudligi rad etish asoslaridan biri hisoblanadi.
Chat