Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13752 marta o'qildi

Nazorat ostida etkazib berish nima?

Nazorat ostida etkazib berish — giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar va boshqa muayyan ashyolarni tezkor-qidiruv organlarining ruxsati va nazorati ostida bojxona hududiga olib kirish, undan olib chiqish yoki tranzit tarzida o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladigan tezkor-qidiruv tadbiri.

Ushbu usul xalqaro qonunga xilof muomalaning oldini olish va bunday muomalada ishtirok etayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.

Qarorni kim qabul qiladi?

Nazorat ostida etkazib berish usulidan foydalanish to‘g‘risidagi qaror har bir alohida holat bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Ushbu organlar nazorat ostida etkazib berishni bojxona organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiradi.

Qaysi ashyolarga nisbatan qo‘llanishi mumkin?

Usul giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlardan tashqari, jinoyat sodir etish quroli yoki vositasi bo‘lgan yoxud jinoiy yo‘l bilan topilgan ayrim ashyolarga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin.

Nazorat ostida etkazib berilayotgan va erkin realizatsiyasi taqiqlangan yoki muomalasi litsenziya yoxud ruxsatnoma asosida amalga oshiriladigan ashyolar belgilangan tartibda to‘liq yoki qisman olib qo‘yilishi yoki almashtirilishi mumkin.

Chat