Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 14953 marta o'qildi

Qurilishni nazorat qilish shaharsozlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qurilishga tayyorgarlik ko‘rish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, ob’ektni foydalanishga qabul qilib olish davrida shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Shaharsozlik faoliyati ob’ektlarini qurish chog‘ida quyidagilar ta’minlanishi kerak:

  • qurilish ustidan davlat nazorati;
  • buyurtmachining texnik nazorati;
  • ishlab chiquvchining mualliflik nazorati;
  • pudratchining ichki nazorati.

Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasidagi nazorat inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qurilishi tugallangan ob’ektni foydalanishga qabul qilish buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq to‘liq tayyor bo‘lganda va ijro hujjatlari, muvofiqlik deklaratsiyasi, bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi va qurilish-montaj ishlarining sifati to‘g‘risidagi xulosalar mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.

  • Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
  • Shaharsozlik hujjatlarida qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarining xavfsizlik ko‘rsatkichlari qayd etiladi.
  • Shaharsozlik hujjatlarida qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari qurilishning texnik-iqtisodiy asoslari hamda loyiha echimlarining talablaridan kelib chiqqan holda tanlab olinadi.
Chat