Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5964 marta o'qildi

Ishni birinchi instantsiya sudida ko‘rgan sudьya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, bu ishni takroran ko‘rishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish, shuningdek sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish hollari mustasno.

Ishni birinchi instantsiya sudida ko‘rgan sudьya shu ishni apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.                

Ishni apellyatsiya instantsiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudьya shu ishni birinchi instantsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.

Ishni kassatsiya instantsiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudьya shu ishni birinchi instantsiya yoki apellyatsiya instantsiyasi sudida, yoxud kassatsiya instantsiyasi sudida FPKning 4193-moddasiga muvofiq takroran ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.

Chat