Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10723 marta o'qildi

Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishi shart:
  1. ishda taraf bo‘lgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa yoki ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda;
  2. fuqaro (taraf) muomala layoqatini yo‘qotganda;
  3. javobgar — fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida bo‘lganda yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismidagi da’vogar — fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilganda;
  4. mazkur ishni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, jinoyat ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilguniga qadar ko‘rish imkoni bo‘lmaganda;
  5. taraf chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida yoki uning ijrosini to‘xtatib turish haqida chet davlatning vakolatli organiga iltimosnoma berganda;
  6. mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv tuzilganda.

Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishga haqli:
  • taraf O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotganda yoki mazkur shaxslar davlatning biror-bir majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda;
  • taraf davolash muassasasida bo‘lganda, shuningdek taraflardan birida sudga kelishga to‘sqinlik qiladigan, tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan kasallik mavjud bo‘lganda;
  • javobgar qidirilayotganda;
  • taraf ishni ko‘rib chiqish muddatidan ortiq muddatda xizmat safarida bo‘lganda, bundan ishda tashkilot vakillari ishtirok etayotgan hollar mustasno;
  • sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda;
  • FPKning 103 va 363-moddalariga muvofiq sud tomonidan sud topshirig‘i yuborilganda.

  • Ish yuritishni to‘xtatib turish vaqti

Ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.

Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.           


Ish yuritish uni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar barham topganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra yoki sudning tashabbusi bilan tiklanadi.

Ish yuritish tiklangan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni umumiy asoslarda chaqiradi.

Ish yuritishni tiklash to‘g‘risida ajrim chiqariladi.

Chat