Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 24473 marta o'qildi

Har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ma’muriy sudga (sudga) murojaat qilishga haqli.

Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno.      

Sudga murojaat qilish shakli:
  • fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy ishlar bo‘yicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza (shikoyat) va iltimosnoma shaklida;
  • apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasi sudlariga murojaat etilganda, shuningdek shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.

  • Sud tomonidan hal etiladigan ishlar

Ma’muriy ish ishda ishtirok etuvchi shaxslar va ma’muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yoxud sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qog‘ozda rasmiylashtirilgan sud hujjatlari va boshqa hujjatlar asosida shakllantiriladi.

Ma’muriy ish elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.

Ma’muriy ish elektron shaklda shakllantirilgan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va ma’muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari o‘zlarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va ma’muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qo‘shib qo‘yiladi, shundan so‘ng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.

  • Ma’muriy ish elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudьyaning (sudьyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda alohida protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
  • Elektron shakldagi ma’muriy ishni boshqa ma’muriy sudga yoki boshqa organga o‘tkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
  • Elektron shaklda shakllantirilgan ma’muriy ish qog‘ozdagi ko‘chirma nusxasiga ega bo‘lishi mumkin.

Sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi.

Birinchi instantsiya sudida ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori, qaror qabul qilinadi.

Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellyatsiya va kassatsiya instantsiyalari sudlari tomonidan qarorlar qabul qilinadi.

Chat