Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10658 marta o'qildi

Sud quyidagi hollarda arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldiradi, agar:
  • fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud ish yurituvida ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;
  • ariza (shikoyat) imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqei yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
  • arizachi birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishi to‘g‘risida arz qilmagan bo‘lsa;
  • arizachining manfaatlarini ko‘zlab prokuror, davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arz qilingan talabdan arizachi voz kechgan bo‘lsa.

Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.

Sud ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi, davlat bojini byudjetdan qaytarish haqidagi masalalar hal qilinishi mumkin.

Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.

Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin arizachi sudga ariza (shikoyat) bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.

Chat