Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5997 marta o'qildi

Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:
  1. ish ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa;
  2. sudning ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa;
  3. arizachi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;
  4. ishda taraf hisoblangan fuqaroning vafot etganidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;
  5. arizachi talabidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan bo‘lsa;
  6. davlat ro‘yxatidan o‘tishni rad etish yoki bundan bo‘yin tovlash to‘g‘risidagi arizani (shikoyatni) ko‘rilayotganda huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqqan bo‘lsa;
  7. to‘plangan materiallarning yo‘qotilgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun etarli emasligi.

Ish yuritishni tugatish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.

Sud ajrimda ish yuritishni tugatish asoslarini ko‘rsatadi, shuningdek sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat bojini byudjetdan qaytarish to‘g‘risidagi masalalarni hal qiladi.

  • Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
  • Ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
  • Ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan sudga takroran murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Chat