Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 14726 marta o'qildi

V kajdom rayone i gorode sozdadut ekonomicheskie sudы | NORMA.UZ

Iqtisodiy ish ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan hujjatlar, ishni ko‘rish jarayonida sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qog‘ozda rasmiylashtirilgan sud hujjatlari va boshqa hujjatlar asosida shakllantiriladi.

Iqtisodiy ish elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.

Iqtisodiy ish elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni elektron shaklda sudga taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qo‘shib qo‘yiladi, shundan so‘ng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.

Iqtisodiy ish elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudьyaning (sudьyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda alohida protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Elektron shakldagi iqtisodiy ishni boshqa sudga yoki boshqa organga o‘tkazish telekommunikatsiya kanallari orqali amalga oshiriladi.

Elektron shaklda shakllantirilgan iqtisodiy ishning qog‘ozdagi ko‘chirma nusxasi bo‘lishi mumkin.

Sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror, sud buyrug‘i shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi.

  • Birinchi instantsiya sudida ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinadi.
  • Apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellyatsiya va kassatsiya instantsiyalari sudlari qaror qabul qiladi.
  • Qonunchilik bilan sudlarning vakolatiga berilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
  • Kreditorning so‘zsiz talablariga doir arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud tomonidan sud buyrug‘i chiqariladi.
  • Ish mazmunan hal etilmasdan qabul qilinadigan sud hujjatlari ajrimlar shaklida chiqariladi.
Chat