Jinoyat kodeksining 48¹-moddasiga muvofiq, ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga:
Jazo bir oydan besh yilgacha muddatga tayinlanadi. Harbiy xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga bu jazo tayinlanmaydi.
Jinoyat-ijroiya kodeksiga muvofiq, jazo mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organining probatsiya bo‘linmasi yoki sud belgilagan boshqa organ tomonidan ijro etiladi.
Jazo muddati mahkum probatsiya hisobiga qo‘yilgan kundan boshlab hisoblanadi. Mahkumning uzrli sababsiz yashash joyida bo‘lmagan vaqti jazo muddatiga kiritilmaydi.
Mahkum:
Mahkumga nisbatan elektron braslet qo‘llanilishi mumkin. Elektron braslet mahkumning harakatlanishi va sud belgilagan hududiy yoki vaqtga oid cheklovlarga rioya etishini masofadan nazorat qilish uchun ishlatiladi.
Muayyan vaqtda uydan chiqish, belgilangan joyga borish, ma’muriy hududdan tashqariga chiqish yoki yashash joyini o‘zgartirish uchun ruxsatni probatsiya bo‘linmasi beradi.
Qaror cheklovning xususiyati, mahkumning xulq-atvori va tasdiqlovchi hujjatlar asosida qabul qilinadi. Uy-joyidan chiqish butunlay taqiqlangan shaxsning chiqishi, ma’muriy hududdan tashqariga borishi yoki yashash joyini o‘zgartirishiga berilgan ruxsat prokuror sanktsiyasini talab qiladi.
Mahkum tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, qilmishini anglagan va etkazilgan moddiy hamda ma’naviy zararni qoplagan bo‘lsa, probatsiya bo‘linmasi sudga cheklovlarni to‘liq yoki qisman bekor qilish haqida taqdimnoma kiritishi mumkin.
Muhim: cheklovlarni probatsiya bo‘linmasi mustaqil bekor qilmaydi. Yakuniy qarorni sud qabul qiladi.
Mahkum jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlasa yoki sud yuklagan majburiyatlarni bajarmasa, probatsiya bo‘linmasi o‘talmagan muddatni boshqa jazoga almashtirish haqida sudga taqdimnoma kiritadi.
Cheklovlarni takroran buzish, elektron nazorat vositasidan foydalanish qoidalarini buzish yoki yashash joyidan yashirinib, turgan joyi uch sutkadan ortiq vaqtda aniqlanmasligi qasddan bo‘yin tovlash deb baholanishi mumkin.
Batafsil nazorat tartibi «Probatsiya to‘g‘risida»gi Qonun va 3670-son yo‘riqnomada belgilangan.