Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7716 marta o'qildi

Goskorporatsiya “Rostex” sobiraetsya ispolьzovatь trud osujdennыx — Takie dela

Mahkumlarni mehnatga jalb etishdan asosiy maqsad ularda ijtimoiy-foydali faoliyat bilan shug‘ullanish ehtiyojini shakllantirishdan iborat.

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jinsi, yoshi, sog‘lig‘ining holati, mehnat qobiliyati va iloji boricha, ixtisosini inobatga olgan holda mehnatga jalb etiladi.

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar, odatda, jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining korxonalarida, ayrim hollarda esa, kerakli tarzda qo‘riqlash va batamom ajratib qo‘yish ta’minlangan taqdirda, boshqa korxonalarda mehnatga jalb etiladi. Mahkumlarning xususiy shaxslar foydasiga mehnat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

60 yoshdan oshgan erkaklar, 55 yoshdan oshgan ayollar, I va II guruh nogironlari mehnatga o‘z xohishlariga ko‘ra jalb etiladilar.

Mahkuma ayollar homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan qonunchilikda belgilangan muddatga ishdan ozod qilinadilar.

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda bajarish taqiqlangan ishlarda ayol va voyaga etmagan mahkumlar mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Chat