
Mahkumlarni mehnatga jalb etishdan asosiy maqsad ularda ijtimoiy-foydali faoliyat bilan shug‘ullanish ehtiyojini shakllantirish hisoblanadi.
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar:
Mahkumlarning mehnat munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik bilan, Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan istisno va cheklovlarni hisobga olgan holda tartibga solinadi.
Mahkumlar, odatda, jazoni ijro etish muassasalari va ularga qarashli tashkilotlarning korxonalarida ishlaydi. Qo‘riqlash va batamom ajratib qo‘yish ta’minlansa, ular boshqa korxonalarda ham mehnat qilishi mumkin.
Muhim: mahkumlarni xususiy shaxslar foydasiga mehnat qildirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oltmish yoshdan oshgan erkaklar, ellik besh yoshdan oshgan ayollar hamda I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘z xohishiga ko‘ra mehnatga jalb etiladi. Homilador ayollar va farzandi bor ayollar mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda ishlaydi.
Mahkumlar uchun mehnat qonunchiligida belgilangan eng ko‘p ish vaqti normasiga rioya qilingan holda, odatda, olti kunlik ish haftasi belgilanadi.
Ish vaqtidan tashqari, dam olish yoki bayram kunlarida ishga jalb qilishga faqat ishlab chiqarish zarurati mavjud bo‘lganda va qonunda belgilangan cheklovlarga rioya etilgan holda yo‘l qo‘yiladi. Bunday ishlar uchun ikki hissa haq to‘lanadi.
Mehnat qilayotgan mahkumga har hafta kamida bir dam olish kuni beriladi. U bayram kunlarida ishdan ozod qilinadi, ishlab chiqarish zarurati mavjud hollar bundan mustasno.
Har yilgi mehnat ta’tili, qoida tariqasida, berilmaydi. Manzil-koloniyada jazo o‘tayotgan mahkum 15 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan yillik ta’til olish huquqiga ega.
Mahkumlarning mehnatiga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik asosida haq to‘lanadi. Mehnat normasi va mehnat vazifalarini bajargan mahkumning oylik ish haqi Yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan kam bo‘lishi mumkin emas.
Qonunda belgilangan ushlab qolishlar amalga oshirilgandan keyin ish haqining kamida:
Mahkumlar haq to‘lanmasdan faqat muassasa va unga tutash hududni obodonlashtirish, yashash-maishiy yoki madaniy sharoitlarni yaxshilash ishlariga jalb etilishi mumkin.
Bunday ishlar:
Mahkumlar mehnatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari asosida amalga oshiriladi.