Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9131 marta o'qildi

Amnistiya dlya narkomanov

Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning jazoni o‘tash muddati tugashiga uzog‘i bilan uch oy qolganda uni ozodlikka chiqarishga tayyorlash, mehnat va turmushda o‘rnashishga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, uning muassasadan ozod bo‘lgandan keyingi huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish maqsadida mahkum bilan tarbiyaviy ish olib boradi.

Ishda va turmushda o‘rnashishga muhtoj shaxslar aniqlangan taqdirda muassasa ma’muriyati oldindan mahkum yashashni mo‘ljallayotgan joydagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi markazini uning ozod qilinishi, turar joyi bor-yo‘qligi, mehnat qobiliyati va ixtisosi to‘g‘risida xabardor etadi.

Muassasa ma’muriyati ayni bir vaqtda ustidan ichki ishlar organlarining ma’muriy nazorati o‘rnatilishi zarur bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi va qonunchilikda belgilangan tartibda sudga tegishli taqdimnoma kiritadi.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslar yashashni mo‘ljallayotgan joyga etib olishi uchun yo‘l hujjatlari, belgilangan norma bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari yoki pul kompensatsiyasi bilan ta’minlanadilar.

Ozod qilinayotgan shaxslarda mavsumiy kiyim va poyabzal, shuningdek ularni sotib olishga pul bo‘lmasa, ular kiyim va poyabzal bilan bepul ta’minlanadilar. Shu maqsadlar uchun ozod qilinayotgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul nafaqasi berilishi mumkin.

Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkumlarning ozod etilganligi to‘g‘risida xabardor etadi.

Voyaga etmagan mahkumlar ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga jo‘natiladi. Ota-onasi yo‘q voyaga etmagan shaxslar, zarur hollarda, internatlarga jo‘natiladi yoki homiylar qaramog‘iga beriladi.

Chat