Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7656 marta o'qildi

2021-yilning 28-iyunidan xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamlari bilan birgalikda Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha qatlami o‘zlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infektsiyasiga qarshi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ixtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xavf guruhiga kiruvchi 65 yosh va undan kattalarning 37 foizi koronavirusga qarshi emlangan. Shuningdek:

  • tibbiyot xodimlarining — 96 foizi;
  • umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining — 61,5 foizi;
  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining — 67 foizi;
  • surunkali kasalliklari bor kishilarning — 40 foizi;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining — 60 foizi vaktsinatsiyadan o‘tgan.
Chat