Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 34696 marta o'qildi

Vazirlikning maqomi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi hamda Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunuvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Vazirlik o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiradi.

Asosiy vazifalari

Vazirlik:

  • axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
  • telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, keng polosali Internet va mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi;
  • davlat organlarining axborot tizimlari, elektron davlat xizmatlari, ma’lumotlar bazalari va reestrlarini joriy etishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlaydi;
  • idoralararo elektron hamkorlik va ma’lumot almashinuvini rivojlantiradi;
  • iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvida raqamlashtirish hamda avtomatlashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi;
  • mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish, IT-xizmatlar eksporti, texnoparklar va startaplar rivojlanishi uchun sharoit yaratadi;
  • sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, ularni joriy etish ekotizimini shakllantirish va sohani huquqiy tartibga solishda ishtirok etadi;
  • kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi, shaxsga doir va biometrik ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradi;
  • telekommunikatsiya va pochta xizmatlari sifati ustidan davlat nazoratini tashkil etadi;
  • raqamli texnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi.

Davlat organlarining axborot tizimlari va elektron xizmatlari Vazirlik belgilaydigan yagona texnologik talablar hamda axborot xavfsizligi qoidalariga muvofiq ishlab chiqilishi kerak.

Vazirlik tizimi

Vazirlik tizimiga uning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, Raqamli hukumat markazi, raqamli ta’lim, sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga mas’ul tashkilotlar, shuningdek sohada nazoratni amalga oshiruvchi inspektsiyalar kiradi.

Bog‘lanish ma’lumotlari

Manzil: 100164, Toshkent shahri, Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 4-uy.
Qisqa raqam: 11-99.
Rasmiy veb-sayt: digital.uz

Chat