Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16921 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi - axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

Vazirlikning tuzilmasi

Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar, elektron hukumatni joriy qilish faoliyatini muvofiqlashtirish, axborot jamiyati va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda munosabatlarni tartibga solish;

2) «oxirgi milya» printsipi bo‘yicha Internet tarmog‘idan keng polosali foydalanishni kengaytirish yo‘li bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini, mulьtiservisli aloqa tarmoqlari texnologiyalarini, mobil aloqa bozorini, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini, shuningdek, pochta aloqasi va logistikasi xizmatlarini rivojlantirish hamda modernizatsiyalash;

3) davlat organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy qilishda, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni tashkil qilishda, yagona elektron reestrlar va ma’lumotlar bazalarini, «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimlarini shakllantirishda yagona texnologik yondashuv amalga oshirilishini ta’minlash va boshqalar.

Vazirlik quyidagi huquqlarga ega:

1) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;

2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni kiritish;

3) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

4) davlat statistika organlaridan Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha kerakli statistik axborotni bepul olish va boshqalar.

Vazirlik o‘z vazifalari va funktsiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

Ishonch telefoni - 1199

Manzil:
  • 100000, Toshkent Amir Temur shoh ko’chasi 4
  • Tel: (998 71) 238-41-59, faks (998 71) 239-87-82
  • E-mail: info@mitc.uz
  • E-xat: mitc@exat.uz

 

Chat