Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 30990 marta o'qildi

Xizmat mazmuni

Jismoniy va yuridik shaxslar sovuq suv hisoblagichini:

  • echish;
  • o‘rnatish;
  • echish va qayta o‘rnatish uchun murojaat qilishi mumkin.

Ushbu xizmatda hisoblagichni qiyoslashdan o‘tkazish nazarda tutilmaydi. Qiyoslash zarur bo‘lganda tegishli qiyoslash xizmati tanlanadi.

Murojaat qilish tartibi

Murojaat:

  • Davlat xizmatlari markaziga shaxsan;
  • YaIDXP orqali elektron shaklda beriladi.

Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinganda xodim talabgor nomidan belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda talabgor so‘rovnomani mustaqil to‘ldiradi.

YaIDXP orqali yuboriladigan so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

Talabgordan so‘rovnomada nazarda tutilmagan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Hisoblagichni echish va o‘rnatish

Ta’minotchi korxona so‘rovnoma kelib tushganidan keyin talabgor bilan xizmat ko‘rsatish vaqti va manzilini kelishib oladi.

Hisoblagichni echish talab etilganda ta’minotchi korxona:

  • 5 ish kuni mobaynida belgilangan manzilga boradi;
  • hisoblagichni talabgor ishtirokida echadi;
  • tegishli dalolatnomani rasmiylashtiradi.

Hisoblagich o‘rnatilganda ta’minotchi korxona uni so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga o‘rnatadi va dalolatnoma tuzadi.

Hisoblagich qiyoslashdan o‘tkazilmasdan faqat o‘rnatilsa, plomba hisoblagich o‘rnatilishi bilan bir vaqtda qo‘yiladi.

Dalolatnomaning bir nusxasi talabgorga qoldiriladi. Elektron dalolatnoma Davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali talabgorga yuboriladi.

Xizmat narxi va muddati

Hisoblagichni qiyoslashdan o‘tkazmasdan faqat echish yoki o‘rnatish uchun yig‘im undirilmaydi.

Xizmat ko‘rsatish muddati — 5 ish kuni.

Murojaat ko‘rmasdan qoldiriladigan holatlar

Talabgor yoki uning vakili kelishilgan vaqtda manzilda bo‘lmasa, bu haqda xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzilishi va murojaat ko‘rmasdan qoldirilishi mumkin.

Hisoblagich o‘rnatiladigan joy tayyorlanmagan yoki zarur nazorat ventili mavjud bo‘lmasa, kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar murojaat ko‘rmasdan qoldiriladi.

Chat