Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15153 marta o'qildi

Qozog‘iston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tish uchun amaldagi milliy pasport (ID) talab qilinadi, so‘ng Davlat chegarasini kesib o‘tishda chegara xizmati pasportga muhr qo‘yadi.

  • Keyingi barcha tartiblar, jumladan, vaqtinchalik propiska olish, STIR (zarurat tug‘ilganda) berish va jismoniy shaxsdan ishlash uchun ruxsatnoma olish Davlat xizmatlari markazida (DXM) amalga oshiriladi.     

Vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berish
  • Qozog‘istonga kelgan xorijliklar vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olmasdan 30 kungacha qolish huquqiga ega.
  • 30 kunda ortiq muddatga (ish, o‘qish, davolanish, biznes muhojirlari, shuningdek, oilani birlashtirish va missionerlik faoliyati uchun) vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma beriladi. 

Vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olish uchun qabul qiluvchi shaxs Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, Qozog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi chet ellik va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs yoki Qozog‘iston Respublikasidan ro‘yxatdan otgan yuridik shaxs, muhojirlarni Qozog‘iston Respublikasiga vaqtincha yashash taklif qilish va (yoki) yashash joyini taqdim etish uchun ariza beruvchilar hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qiladilar.

Davlat bojini to‘lash uchun STIRni ro‘yxatdan o‘tkazish
  • Ishga ruxsat olish uchun Qozog‘iston Respublikasi hududida ish beruvchini topish va mehnat shartnomasini tuzish kerak. O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Moldova, Gruziya va Ukraina respublikalari fuqarolari foyda olmasdan jismoniy shaxslarda ishlash huquqiga ega. EOII fuqarolari (Rossiya, Qirg‘iziston, Belarusiya, Armaniston) Qozog‘iston Respublikasi hududida mehnat shartnomasi asosida ruxsatnoma olmasdan mehnat faoliyatini amalga oshiradilar.    
  • Davlat bojini to‘lash uchun O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Moldova, Gruziya va Ukraina fuqarolari STIR (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami) olishlari kerak.
  • Buning uchun siz DXMga murojaat qilishingiz kerak, shu bilan birga muhojir o‘zi bilan milliy pasport bo‘lishi kerak.

Ishga ruxsat olish uchun yashash joyidagi DXMga quydagilarni taqdim etishingiz kerak
  1. Mehnat muhojiriga ruxsat olish uchun ariza
  2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini oldindan to‘lash to‘g‘risidagi kvitantsiyalar (skanerdan o‘tkazilgandan so‘ng u xizmatni oluvchiga qaytariladi)
  3. Davlat chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi belgisi bo‘lgan pasport (skanerdan o‘tkazilgandan so‘ng u xizmatni oluvchiga qaytariladi)
  4. Tanlangan mutaxassislik bo‘yicha mehnat faoliyatiga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar yoqligini tasdiqlovchi chet el fuqarosining tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (075 /u shakldagi tibbiy ma’lumotnoma)  
  5. Barmoq izlari va suratga olish sertifikati (agar o‘tgan kalendarь yilda muhojir tomonidan mehnatga ruxsatnoma olganligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lsa, barmoq izlari va suratga olish amalga oshirilmaydi)
  6. Tibbiy sug‘urta (skanerdan o‘tkazilgandan so‘ng u xizmatni oluvchiga qaytariladi)
  7. “Qozog‘iston Respublikasida vaqtincha bo‘lgan chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berish” proaktiv davlat xizmati ko‘rsatilgan taqdirda, Qozog‘iston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ish beruvchi va xizmatni oluvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi (skanerdan o‘tkazilgandan so‘ng u xizmatni oluvchiga qaytariladi).
  • Foto, video, barmoq izini qayd etish davlat xizmatlari markazida yoki ichki ishlar organlarining tezkor ekspertiza bo‘limida amalga oshirilishi mumkin.
  • Tibbiy sug‘urtani sug‘urta kompaniyalarining terminallari mavjud bo‘lsa, davlat xizmatlari markazlarida ham olish mumkin.   
  • Milliy pasport, tibbiy ma’lumotnomalar, kriminalist ma’lumotnomasi, davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitantsiya, tibbiy sug‘urta to‘lovi to‘g‘risidagi kvitantsiyani DXMga taqdim etish orqali siz 1 ish kuni ichida ishlashga ruxsat olishingiz mumkin.

Ruxsat berish muddati davlat boji to‘langan muddatga bog‘liq, lekin 3 oydan oshmasligi kerak. 

Ish ruxsatnomasini uzaytirish
  1. ish ruxsatnomasini 1 yilgacha uzaytirish mumkin.
  2. Ruxsatnomani uzaytirish uchun siz Qozog‘iston Respublikasi hududida vaqtinchalik yashash joyingizdagi DXM bilan bog‘lanishingiz va qo‘ydagilarni taqdim etishingiz kerak:
  3. mehnat muxojiri uchun ruxsatnomani uzaytirish uchun ariza;
  4. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini oldindan to‘lash to‘g‘risidagi kvitantsiyalar (skanerdan o‘tkazilgandan so‘ng u xizmatni oluvchiga qaytariladi)
  5. mehnat muhojiriga ilgari berilgan ruxsatnoma
  6. Qozog‘iston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ish beruvchi va xizmatni oluvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi (skanerdan o‘tkazilgandan so‘ng u xizmatni oluvchiga qaytariladi)
  7. Tibbiy sug‘urta (skanerdan o‘tkazilgandan so‘ng u xizmatni oluvchiga qaytariladi)
  • Shuningdek, ishlash uchun ruxsatnoma muddatini uzaytirish uchun www.egov.kz elektron hukumat portali orqali murojjat qilishingiz mumkin.

Portal orqali ruxsatnoma qayta rasmiylashtirish uchun xizmat ko‘rsatuvchining elektron raqamli imzosi va mehnat muhojiriga ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirishga rozilik bergan ish beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron so‘rovni taqdim etish zarur.

Chat