Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8678 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, tug‘ilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanishi mumkin bo‘lgan bolaning tug‘ilganligini qayd etish bola tug‘ilgan yoki uning ota-onasi doimiy yoki vaqtincha yashab turgan o‘sha konsullik okrugidagi konsul tomonidan amalga oshiriladi.

Tug‘ilganlikni qayd etish uchun bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomasi, ota-onalarining pasportlari (ID karta) yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar, nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza yoxud nikohda bo‘lmagan onaning arizasi taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi chet elda tug‘ilgan va uning tug‘ilganligi konsullik muassasasi tomonidan qayd etilmagan taqdirda, tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi ota-onaning yoki ulardan birining O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDYo organi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostilь qo‘yilgan xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan bola tug‘ilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin qayd qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etishda konsullik yig‘imi undiriladi.

Tug‘ilganlik guvohnomasini olishga elektron ariza berish uchun havolaga o‘ting.

Chat