Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5880 marta o'qildi

Konsullik legallashtirish hujjatlar va aktlardagi imzolarning haqiqiyligini va ularni qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlashdan iborat.

  • Konsul qabul qiluvchi davlatning konsullik okrugidagi hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlangan yoki ular tomonidan berilgan hujjatlar va aktlarni legallashtirish uchun qabul qiladi.
  • Hujjatlar va aktlarni legallashtirish uchun konsulda konsullik okrugidagi joylashgan davlat tashkilot va muassasalari tomonidan berilgan hujjatlar va aktlarni tasdiqlash vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarning imzo va muhrlari namunalari mavjud bo‘lishi lozim.
  • Hujjatlarni legallashtirish uchun yig‘im undiriladi.
  • Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan fuqarolarni qabul qilish kunlari.

Taqdim etiladigan hujjatlar
  • ariza;
  • legalizatsiya talab etilayotgan hujjatlar.

Chat