Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4953 marta o'qildi

 

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.

Chet davlatlarda turgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalariga ularni saylovchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida saylovdan 15 kun oldin yozma shaklda murojaat qilishi mumkin.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining saylov.uz rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat jo‘natish mumkin.

Saylovchilarning ro‘yxatlari saylovga 15 kun qolganida O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan erdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi.

Chat