Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4988 marta o'qildi

Endilikda mamlakatimizda 12 yoshdan katta bolalar COVID-19ga qarshi Pfizer vaktsinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlashnishga ruxsat berildi. 

Koronavirusga qarshi Pfizer vaktsinasining 12-15 yoshdagi bolalarda o‘tkazilgan klinik sinovlarining natijalari mazkur vaktsinaning yuqori darajada samaradorligi va xavfsizligini ko‘rsatdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 12 yoshdan yuqori bolalarni va o‘smirlarni Pfizer vaktsinasi bilan emlash tavsiya etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaktsinasi bilan emlash imkoniyati mavjud.

Yurtimizda ham 12 yoshdan katta bolalar shifokor ko‘rigidan o‘tgach, koronavirusga qarshi Pfizer vaktsinasi bilan emlanishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 13-sentabrь kuni mamlakatimizga 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaktsinasi olib kelingan. Ayni kungacha mamlakatimizda jami 19 969 345 doza vaktsinadan foydalanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 4 283 645 nafarni tashkil qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

Chat