Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11071 marta o'qildi

Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolar tegishli tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i (binoning ustida va ichida);
  • O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi (binoning ichida);
  • saylov uchastkasining tartib raqami ko‘rsatilgan peshlavha;
  • yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari;
  • saylov qutilari;
  • zarurat bo‘lsa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari;
  • kuzatuvchilar uchun alohida joylar;
  • saylov sanasiga bag‘ishlangan plakatlar;
  • saylov uchastkasining xaritasi;
  • uchastka saylov komissiyasi a’zolarining tarkibi, ish rejasi, navbatchiliklar jadvali haqidagi axborot;
  • saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga taalluqli ma’lumotlar joylashtiriladigan maxsus stend;
  • barcha ro‘yxatga olingan nomzodlarning Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan nashr qilingan tarjimai holi va dasturi;
  • zarur mebelь, ofis texnika vositalari (telefon, printer, Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan kompьyuterlar, seyf, kantselyariya tovarlari);
  • yong‘inga qarshi vositalar.

Ovoz berish xonalari yorug‘ va keng bo‘lishi, alohida kirish va chiqish joyi bo‘lishi, shuningdek ularda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun nishab yo‘lkalar nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.

Chat