Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15040 marta o'qildi

O‘zini o‘zi band qilish nima?

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs — daromad olishga qaratilgan ish yoki xizmatni o‘z shaxsiy mehnati bilan mustaqil bajaradigan, biroq yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan jismoniy shaxsdir.

Faoliyat o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ruxsat etilgan ishlar va xizmatlar doirasida amalga oshirilishi kerak.

Ro‘yxatdan o‘tish usullari

Ro‘yxatdan o‘tish:

  • Soliq qo‘mitasining maxsus mobil ilovasi;
  • soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
  • soliq organi yoki Davlat xizmatlari markazi;
  • Soliq qo‘mitasi tizimiga integratsiya qilingan elektron platforma yoki marketpleys orqali amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish xabar berish tartibida, bepul va real vaqt rejimida bajariladi.

Shaxs o‘zining JShShIRi, aloqa ma’lumotlari, yashash manzili va tanlangan faoliyat turini ko‘rsatadi. Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin elektron ma’lumotnoma shakllantiriladi.

Muhim: o‘zini o‘zi band qilgan shaxs o‘z faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishi mumkin emas.

Soliq to‘lash tartibi

2026-yil 1 yanvardan yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar aylanmadan olinadigan soliqni 1 foiz stavkada to‘laydi.

Pensiya uchun mehnat staji hisoblanishini istagan shaxs belgilangan tartibda ixtiyoriy ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.

Chat