Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11532 marta o'qildi

Xizmatdan foydalanish

Jismoniy shaxs YaIDXPdagi xizmatdan foydalanish uchun:

  1. YaIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi.
  2. Gaz ta’minoti bo‘yicha tegishli so‘rovni yuboradi.
  3. Tizimda shakllangan qarzdorlik yoki oldindan to‘lov haqidagi ma’lumotni avtomatik ravishda oladi.

Xizmat bepul ko‘rsatiladi, natija avtomatik tarzda taqdim etiladi va alohida hujjat talab qilinmaydi.

Hisob-kitob ma’lumotlari

Etkazib berilgan tabiiy gaz hajmi, debitor qarzdorlik va ortiqcha to‘lov bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar har bir iste’molchining shaxsiy hisobvarag‘i bo‘yicha billing tizimida amalga oshiriladi.

Hisob-kitob quyidagi ma’lumotlarga asoslanadi:

  • hisoblagichdan olingan ko‘rsatkichlar;
  • gaz ta’minoti tashkiloti yoki iste’molchi billing tizimiga kiritgan ma’lumotlar;
  • amaldagi tariflar;
  • ilgari amalga oshirilgan va tizimda hisobga olingan to‘lovlar.

Agar hisoblagich ko‘rsatkichlari to‘liq olinmagan bo‘lsa, hisob-kitob vaqtincha iste’mol me’yorlari asosida amalga oshirilishi, keyinchalik esa haqiqiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha qayta hisoblanishi mumkin.

Oldindan to‘lov va qarzdorlik

Maishiy iste’molchilar iste’mol qilinadigan tabiiy gaz uchun to‘lovni oldindan amalga oshiradilar.

Agar to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa:

  • qonunchilikda belgilangan miqdorda penya hisoblanishi;
  • qarzdorlikni undirish uchun sudga murojaat qilinishi;
  • gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

TGNHATga ulanmagan iste’molchini qarzdorlik sababli tarmoqqa qayta ulashda BHMning 2 baravari miqdorida haq undiriladi.

YaIDXPda ko‘rsatilgan summa dastlabki ma’lumot hisoblanadi. Ma’lumot hisoblagich ko‘rsatkichi yoki to‘lov hujjatlariga mos kelmasa, gaz ta’minoti tashkilotidan shaxsiy hisobvaraq bo‘yicha solishtirish va tuzatish talab qilinishi mumkin.

Chat