Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15507 marta o'qildi

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi — sug‘urtalovchi uning bo‘yicha sug‘urta hodisasi vujudga kelganda kelishilgan to‘lov (sug‘urta mukofoti) yuzasidan ish beruvchiga va (yoki) jabrlanganga yoxud naf oluvchiga mehnatda mayib bo‘lganligi, kasb kasalligiga chalinishi yoki uning mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanganligi munosabati bilan xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga etkazilgan zararning o‘rnini sug‘urta summasi doirasida qoplash majburiyatini oladigan sug‘urta shartnomasi.

  • Ish beruvchi xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga etkazilishi mumkin bo‘lgan zararni qoplashni sug‘urtalashi kerak, agar bu mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lsa.
  • Ish beruvchi u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan yoki ish beruvchilar — jismoniy shaxslar uchun mehnat shartnomasi (kontrakti) tuzilgan sanadan boshlab 15 ish kunidan kechikmay o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishi shart.

Majburiy sug‘urta qilish shartnomasi va majburiy sug‘urta qilish polisi, annuitetlar shartnomasi va annuitetlar shartnomasi bo‘yicha polis majburiy sug‘urta qilishning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.

Majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ish beruvchi hamda sug‘urta qiluvchi o‘rtasida tegishli shakl bo‘yicha 1 yil muddatga tuziladi. Agar ish beruvchi o‘z faoliyatini 1 yildan kam muddatda amalga oshirsa, u holda ish beruvchi faoliyatni amalga oshirish muddatiga tuziladi.

Sug‘urtalovchi majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzishni rad etishga haqli emas.

Zarur hujjatlar:
  • ariza;
  • ish beruvchining pasport nusxasi;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi.

Ish beruvchiga annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining hisob raqamiga annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti tushgan kundan keyingi 3 ish kunidan kechikmay beriladi.

Shartnoma quyidagi hollarda amal qilishi muddatidan oldin to‘xtatiladi:
  • ish beruvchi — yuridik shaxs tugatilganda yoki qayta tashkil etilganda;
  • ish beruvchi — jismoniy shaxs vafot etganda;
  • majburiy sug‘urta qilish shartnomasi sud qaroriga ko‘ra haqiqiy emas deb e’tirof etilganda.

Sug‘urta hodisasi tan olinganda va sug‘urta tovoni summasi belgilanganda sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi, u har qaysi tomon uchun bir nusxadan — ikki nusxada, sug‘urtalovchi va ish beruvchi tomonidan imzolanadi.

Chat