Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10674 marta o'qildi

Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish

  • Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom:
  1. fuqarolarning avtomototransport vositalarini saqlash uchun avtomototransport vositalari egalariga tuman (shahar) hokimining qaroriga muvofiq berilgan ular yashaydigan joylar yaqinidagi er uchastkalarida ularning mablag‘lari hisobiga qurilgan yakka tartibdagi garajlarga — inshootlarga;
  2. tashkilotlarga berilgan, avtomototransport vositalari saqlanganligi uchun to‘lov undirilmaydigan er uchastkalarida joylashgan avtomototransport vositalarini saqlash joylariga;
  3. qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan avtomototransport vositalarining to‘xtash joylariga tatbiq etilmaydi.

Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylari quyidagi talablarga javob berishi kerak
  1. qattiq qoplama, yoritish, axlatni to‘plash uchun konteynerlar, yong‘inga qarshi vositalar, qattiq shataklar va shatakka oluvchi trosslar mavjudligi;
  2. yo‘l harakati xavfsizligi talablarini ta’minlaydigan hududga kirish va undan chiqish uchun maxsus ajratilgan joylarning mavjudligi;
  3. hudud to‘silgan bo‘lishi yoxud kirish (chiqish) uchun maxsus ajratilgan joyni aylanib o‘tib hududga erkin kirish (undan chiqish) imkonini bermaydigan boshqa to‘siqlarga ega bo‘lishi;
  4. avtomototransport vositalarining erkin kirishi (chiqishi)ni istisno etuvchi shlagbaum (yoki boshqa qurilma) mavjudligi;
  5. agar bir necha qatorlarda avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, hudud ichida avtomototransport vositalarining harakatlanishi uchun ajratilgan polosalar mavjudligi;
  6. kirish (chiqish) uchun ajratilgan joyda nazoratchi-kassirning xonasi (budkasi) bo‘lishi kerak, uning tashqi tomoniga ko‘rinarli joyda avtomototransport vositalarini saqlash xizmatlari ko‘rsatish tariflari va shartlari yirik harflarda yozilgan (harflarning yirikligi kamida 3 sm bo‘lgan) yozuv joylashtiriladi;
  7. avtomototransport vositalarini joylashtirish tegishli sxemasining mavjudligi;
  8. avtomototransport vositalarini saqlash xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs, ish rejimi, telefon raqami ko‘rsatilgan «Pulli avtomobillar to‘xtash joyi» lavhasi mavjudligi;
  9. nogironlarning avtomototransport vositalari uchun maxsus jihozlangan kamida ikkita joy mavjudligi.

Avtomobilь to‘xtash joylari hududlarida quyidagilar taqiqlanadi
  1. avtomobilь to‘xtash joylarini qurish bo‘yicha loyihada nazarda tutilmagan vaqtinchalik va kapital inshootlarni barpo etish va o‘rnatish;
  2. avtomototransport vositasini ta’mirlash, yuvish, unga yonilg‘i-moylash materiallari quyish, buning uchun maxsus ajratilgan joydan tashqari;
  3. dvigatelь va agregatlar uchun ochiq holdagi olovdan foydalanish;
  4. avtomototransport vositasini soatiga 5 km dan ortiq tezlikda boshqarish;
  5. tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish;
  6. yonilg‘i-moylash materiallarini saqlash uchun joylar barpo etish;
  7. avtomototransport vositalarini chorpoyalarga, tagliklarga va shu kabilarga qo‘yish.

Mijoz uchun qulay bo‘lgan kirib kelish joyida quyidagilar osib qo‘yilishi kerak
  1. avtomototransport vositalarini saqlash qoidalari;
  2. yong‘in xavfsizligi talablari;
  3. avtomototransport vositalarini qabul qilib olish va saqlash uchun mas’ul shaxslarning vazifalari;
  4. ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun amaldagi tariflar;
  5. yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi.

Avtomototransport vositalarini uy-joy mavzelarida doimiy saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish xususiyatlari
  • Uylar yonidagi hududda, ushbu hududlarning obodonlashtirish elementlari bilan ta’minlanganlik normativ talablariga rioya etilganda, shuningdek uy-joylarning derazalaridan normativ bo‘yicha uzoqlikka qat’iy rioya qilinganda avtomototransport vositalarini doimiy saqlash uchun yopiq turdagi va ochiq turdagi avtomobilь to‘xtash joylarini joylashtirishga ruxsat etiladi.
  • Avtomototransport vositalari egalarining yakka tartibdagi garajlari buzib tashlangan taqdirda ularga avtomobilь vositalarini doimiy saqlash bo‘yicha uy-joy mavzelaridagi buzib tashlangan yakka tartibdagi garajlar o‘rnida tashkil etiladigan avtomobilь to‘xtash joyida doimiy ravishda bepul birkitilgan joy beriladi.
  • Avtomototransport vositalarining egalariga doimiy birkitilgan vaqtincha saqlash joylarida avtomototransport vositasi egasining uy manzili va avtomototransport vositasining davlat tartib raqami yozilgan tablichka o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
  • Turar joy mavzelaridagi avtomototransport vositalarini doimiy saqlash joylaridagi bo‘sh yotgan yoxud vaqtinchalik foydalanilmayotgan (band bo‘lmagan) joylarda, ushbu joylar birkitilgan avtomototransport vositalari egalari bilan kelishgan holda, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasidan va plastik kartochkalardan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalidan majburiy ravishda foydalanilgan taqdirda avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi.

Avtomototransport vositalarini saqlash xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga soliq solish xususiyatlari
  • Avtomototransport vositalarini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash (avtotransport vositalarining dehqon (oziq-ovqat) bozorlarining avtomobillar to‘xtash joyida vaqtincha to‘xtab turishi bundan mustasno) bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniq belgilab qo‘yilgan soliq va yig‘im to‘laydilar.
  • Avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im miqdori xalq deputatlari tegishli tuman (shahar) Kengashi tomonidan belgilanadi va u cheklangan stavkalardan ortiq bo‘lishi va qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlardan past bo‘lishi mumkin emas.

Chat