Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7583 marta o'qildi

2021-yil 15-yanvarь kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida koronavirusga test topshirish jarayonida fuqarolar orasida norozilik holatlari paydo bo‘lgani haqida videolavha tarqaldi. Bu holatning yuzaga kelishiga nima sabab bo‘ldi? Fuqarolar nimadan norozilik bildirishdi? 

Guvoh bo‘lib turganimizdek, koronavirusning yangi shtammi – SARS-CoV-2: B.1.1.529. (Omisron) varianti dunyo bo‘ylab tez sur’atlarda tarqalmoqda va yurtimizda ham qayd etilib, oxirgi 10 kun davomida kasallanish holatlari 8 barobarga oshdi.

Omisron shtammining dunyoda tez tarqalayotgani munosabati bilan AQSh, Daniya, Koreya Respublikasi, Buyuk Britaniya, Isroil, Niderlandiya, Frantsiya, Yaponiya, Hindiston kabi davlatlarda qo‘shimcha karantin cheklovlari joriy etildi.

Mavjud xavfning oldini olish maqsadida yurtimizda ham chegara kesib o‘tish joylarida fuqarolar tashrif buyurishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infektsiyasiga PZR test bo‘yicha manfiy natijali ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari hamda xalqaro aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlarida koronavirus infektsiyasiga ekspress-antigen test topshirishlari belgilandi. 

Shu yil 15-yanvarь kuni Toshkent shahriga uchib kelgan 3 801 nafar fuqarolardan ham test sinamalari olingan.

Ularning barchasida manfiy PZR testi bo‘lganligiga qaramasdan 67 nafarida musbat natija aniqlangan. 

Yurtimizdagi barcha chegara punktlari orqali shu kuni 15 041 nafar fuqaro o‘tgan. Ulardan 151 nafarida koronavirusda musbat natija aniqlangan.

Qo‘lida kasallikdan forig‘ligi haqida ma’lumoti bo‘lgan fuqarolarning “nega yana qayta ekspress test topshirishim kerak?” deb o‘ylashlari tabiiy. 

Lekin ko‘rib turganingizdek, PZR test topshirgan insonlarda ham virus aniqlanmoqda. Bu esa, kasallik yanada “ayyorlashib”, yashirin ko‘rinishga kirib borayotganidan dalolat. 

Bunday holatda yurtimizga kirib keluvchi har bir fuqaroni koronavirusga eksperss-antigen test topshirtirib qabul qilish eng to‘g‘ri yo‘ldir. 

Kasallik aniqlangan fuqarolar holatiga ko‘ra uy sharoitida yoki shifoxonada davolanishga yo‘naltirildi. Uy sharoitida davolanishi kerak bo‘lgani uchun har bir fuqaroga aeroportning o‘zida bepul 4 xildagi dori-darmon berilmoqda. 

Ekspress test narxi 5 AQSh dollari ekvivalentida belgilangan bo‘lib, bu dunyo ko‘rsatkichlariga nisbatan eng arzon narxlardandir. Shuningdek, test topshirish jarayonida talabalik guvohnomasini taqdim etgan talabalarga  50 foiz chegirma beriladi. I va II guruh nogironligi bor shaxslar uchun testlar bepul. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardan test olinmaydi. Bu  tadbirlardan maqsad aholining salomatligini saqlash ishlarini samarali tashkil etishdir.

Vaqtincha joriy etilgan bu tartib koronavirus infektsiyasini yuqtirgan fuqarolarni tezkor aniqlash, davolash va infektsiya tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi. 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati.

Chat