Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 26388 marta o'qildi

Agentlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari:
  • yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
  • yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
  • yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari!" g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
  • yoshlarga oid dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash;
  • tarbiya muassasalarini tamomlagan etim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini ta’minlash va boshqalar.

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi quyidagilarni nazarda tutadi:
  • yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli loyihalariga grant mablag‘lar ajratiladi;
  • hududlarda yoshlar bandligiga ko‘maklashish maqsadida quduqlar burg‘ulash (qazish), sug‘orish vositalari xarid qilish, engil konstruktsiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratiladi;
  • yoshlarning xalqaro fan olimpiadalari va tanlovlarda hamda yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini ta’minlash, yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga ko‘maklashiladi;
  • iqtidorli va jamoat ishlarida faol bo‘lgan yoshlarni (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarning farzandlari) bepul yo‘llanmalar asosida oromgohlarga yuboriladi;
  • yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis bo‘lib etishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka o‘qitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;
  • bitiruvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalari bazasida biznes akseleratorlar tashkil etiladi;
  • O‘zbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari hamda yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasi shakllantiriladi;
  • yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etiladi;
  • yoshlarni kasbga o‘rgatish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish uchun konsalting xizmatlari xarajatlari qoplanadi;
  • ko‘rgazmali savdo yarmarkalari tashkil etiladi va boshqalar.

Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari:
  • dasturda belgilangan tadbirlar, shuningdek, Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to‘liq va sifatli amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish;
  • yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli vazirlik idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq hajmda va samarali amalga oshirilishini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish;
  • Farmon ijrosining doimiy monitoringi va tahlilini olib borish hamda ularning natijalari yuzasidan har chorakda Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot va asoslantirilgan takliflar kiritib borish.

2021-yil 1 yanvardan:
  • hamda boshqa qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tadbirlarni "Yoshlar – kelajagimiz" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish, ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berish tartibi bekor qilinadi;
  • loyihalarni kreditlash bozor tamoyillari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.

Yoshlar ishlari agentligi veb-sayti

Chat