Qanday sud hujjatlari namunalari mavjud?
Sudga murojaat qilish yoki sud jarayonida ishtirok etish uchun quyidagi toifalardagi hujjat namunalaridan foydalanish mumkin:
- da’vo arizalari:
- mehnat munosabatlariga oid;
- uy-joy masalalariga oid;
- nikoh, aliment va boshqa oilaviy munosabatlarga oid;
- zararni undirishga oid;
- meros va vasiyatnomaga oid;
- avtotransportga oid;
- boshqa turdagi da’vo arizalari;
- arizalar:
- sud hujjatlaridan nusxa olishga oid;
- da’vo talablarini aniqlashtirish, o‘zgartirish yoki da’vodan voz kechishga oid;
- da’voni ta’minlash va mol-mulkni xatlashga oid;
- ishni ko‘rish, tugatish yoki tiklashga oid;
- sud hujjatini ijro etishga oid;
- boshqa turdagi arizalar;
- apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari;
- bayonnomalar;
- iltimosnomalar.
Eslatma: sud hujjatining turi nizoning xususiyati va ish qaysi sud ish yurituviga tegishli ekaniga qarab tanlanadi. Protsessual hujjatni tayyorlashda tegishli kodeks talablariga rioya qilish zarur.
Yurxizmat.uz — Sudga oid hujjatlar