Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20051 marta o'qildi

Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish

 Bu qanday ishlaydi?   

  1. Iste’molchi suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun DXMga o‘zi kelib murojaat qilish yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tishi va Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lashi kerak.
  2. DXM (1 soat mobaynida) yoki YaIDXP (avtomatik tarzda) texnik shartlarni ishlab chiqish uchun so‘rovnomani SQKX tashkilotiga yuborishi kerak.
  3. SQKX tashkiloti 3 ish kuni mobaynida texnik shartlarni ishlab chiqishi va Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YaIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuborishi kerak.
  4. SQKX tashkiloti loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini berish huquqiga ega.

Tashkilot:


  • Bog‘lanish: Call-markaz - 1255
  • Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar
  • Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Onlayn ariza.
  • Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida
  • Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi "Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 256-son qarori

  • Xizmat narxi: BHMning 9% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 10%).
  • Yagona portal orqali topshirilganda miqdori: Yig‘im - 0.09 BHM
Chat