Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 22717 marta o'qildi

 

«Ayollar daftari»ga kiritilgan tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, to‘qimachilik, pazandachilik, soch turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi (motokulьtivator, o‘t o‘rish o‘roq mashinasi, payvandlash apparati, o‘simliklarga ishlov berish qurilmasi) va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki 10 million so‘mgacha «Ayollar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan «Ayollar daftari» jamg‘armasi Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq subsidiya ajratiladi.

  • «Ayollar daftari» jamg‘armasi orqali asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish maqsadida subsidiya ajratiladigan hollarda, ariza beruvchi Vasiylik kengashi raisi nomiga (arizada fuqaro o‘z faoliyatini boshlashi uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskuna, mehnat qurollarining nomi va turi, soni, taxminiy xarid narxi va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim) taqdim etadi.
  • Ariza beruvchining qolgan barcha ma’lumotlari axborot tizimi orqali inson omilisiz aniqlab olinadi.

Vasiylik kengashi tomonidan fuqaroning murojaatini 3 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘rganib chiqiladi hamda hokim yordamchisi tavsiyasi asosida subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Vasiylik kengashi qarorida asbob-uskuna, mehnat qurollarining nomi va ularni xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya miqdori ko‘rsatiladi.

  • Arizani ko‘rib chiqish natijasida hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganligi yoki unda kamchiliklar mavjudligi yoxud yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilganligi aniqlangan taqdirda, murojaat qiluvchiga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabar beriladi.

Vasiylik kengashining ishchi organi — Oila va xotin-qizlar bo‘limi Vasiylik kengashi qarori rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimi orqali qarorda ko‘rsatilgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini belgilangan tartibda xarid qilish choralarini ko‘radi.

  • Buyurtma asosida asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollari etkazib berilganda, bu haqda Vasiylik kengashining ishchi organi qabul qilib olgan kundan boshlab 1 ish kunidan kechiktirmay ariza beruvchini xabardor qiladi.
  • Tegishli asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollari ariza beruvchiga Vasiylik kengashi a’zolari va ariza beruvchi o‘rtasida tuziladigan dalolatnoma asosida topshiriladi. Dalolatnomada ariza beruvchiga taqdim etilayotgan asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollarining xususiyatidan kelib chiqib nomi, turi, markasi, kafolat muddati, xarid qilingan narxi va vaqti ko‘rsatilishi kerak.

Ariza beruvchiga ajratilgan subsidiya asosida xarid qilingan asbob-uskuna yoki mehnat qurollaridan samarali foydalanilayotganligi, ularning texnik holati sozligi kafolat muddati davomida sektor shtabi kotibi tomonidan o‘rganiladi.

Chat