Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 44143 marta o'qildi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi

  • Fraktsiya sayti: www.mt.uz
  • Fraktsiya rahbari: Qodirov Alisher Keldievich

Partiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarida milliy o‘zlikni anglashning o‘sishi, milliy g‘urur, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘usini shakllantirish hamda mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish;
  • o‘z safida yurtning vatanparvarlarini birlashtirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini O‘zbekiston manfaatlari hamda uning xalqaro obro‘-e’tiborini oshirish yo‘lida safarbar etish;
  • yoshlarni o‘z Vatanini hurmat qilish, sevish va u bilan faxrlanish, har qanday sharoitda milliy mustaqillikni, xalqning qadriyatlari, an’analari va urf-odatlarini asrash va himoya qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, uning ma’naviy ehtiyojlari va qiziqishlarini cheklashga bo‘lgan urinishlarga qarshi kurashishga ta’sirchan hissa qo‘shish.

“Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi” (O‘zLiDeP)

  • Fraktsiya sayti: www.uzlidep.uz               
  • Fraktsiya rahbari: Xaitov Aktam Axmadovich

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati- O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • Siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkor va ishbilarmonlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar ochish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning ushbu tabaqasi manfaatlarini himoyalash barobarida uning ertangi kunini ta’minlash.
  • Partiyaning davlat boshqaruvi, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta’sir o‘tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi ishtirokini ta’minlash. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan bog‘liq muammolarni hal qilish, O‘zbekistonning xalqaro obro‘yini oshirishda, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish. Yoshlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, o‘z elim, o‘z yurtim, jon O‘zbekistonim, deya g‘ururlanib yashash ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shish, har qanday sharoitda mustaqillik yo‘limiz, qadriyatlarimiz, milliy va diniy an’analarimiz, urf-odatlarimizni qadrlash, shu bilan birga, barcha millat va elatlar qadriyatlarini kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, bunday xurujlarga qarshi izchil kurash olib borish.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi

  • Fraktsiya sayti: http://www.xdp.uz
  • Fraktsiya rahbari: Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston XDPning ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar manfaatlarini himoya qilishga bel bog‘lagani uning mamlakat siyosiy kuchlari so‘l qanoti bo‘lishligini belgilaydi.
  • O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi O‘zbekistonning mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatanimizning gullab-yashnashini ta’minlash, mamlakatda fuqarolik va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik, har bir oila va butun xalq farovonligiga erishish kabi umummilliy manfaatlarni o‘z mafkurasi va siyosiy faoliyatining poydevori, deb biladi.
  • Xalqimizning mustaqillik va ozodlik, tenglik va adolat, tinchlik va totuvlikka azaliy intilishlari partiyamiz mafkurasining tabiiy sarchashmalaridir. U xalqimizga hamisha xos bo‘lgan va bugun ham uning mentalitetini belgilaydigan hamjihatlik, jamoaviylik printsiplariga tayanadi.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi

  • Fraktsiya sayti: http://www.adolat.uz
  • Fraktsiya rahbari: Ibragimova Zuxra Ametovna

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlashga; Respublikada kechayotgan islohotlarning jadallashuviga, huquqiy, demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishga; jamiyat hayotining barcha jabhalarida ijtimoiy adolat g‘oyalarini qaror toptirishga; aholining kam ta’minlangan ehtiyojmand qatlamlari uchun zarur ijtimoiy muhofazani taьminlashga munosib hissa qo‘shishdan iborat.
  • “Adolat” SDP ning ijtimoiy asosi – o‘rtahol va ehtiyojmand aholi tabaqalari bo‘lib, partiya ularning siyosiy va ijtimoiy irodalarini namoyon etishga intiladi. Aholining kam taьminlangan qatlamlarini ijtimoiy muhofaza etishga ko‘maklashadi, ijtimoiy adolat tamoyillariga qat’iy amal qilib, ularning manfaatlarini, haq-huquqlarini himoya qiladi.

O‘zbekiston ekologik partiyasi

  • Fraktsiya sayti: http://eco.uz/
  • Fraktsiya rahbari: Gapporov Xayrillo Lutpillaevich

O‘zbekiston ekologik partiyasi partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston ekologik partiyasi fraktsiyasi fuqarolarning hozirgi va kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashash, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga intiladi.
Chat