Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12971 marta o'qildi

Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari

Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
  1. o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni hamda jamiyatdagi va oiladagi ma’naviy-axloqiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa holatlarni qo‘zg‘ata oladigan oilaviy va shaxslararo nizolarning, depressiv vaziyatlarning erta oldini olish, shuningdek, ushbu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etishini ta’minlash;
  2. ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini yo‘lga qo‘yishda, yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni, birinchi navbatda oilaviy-maishiy nizoli vaziyatlarni hal qilishda davlat organlarining o‘zaro hamkorligini, shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlik tizimini shakllantirish;
  3. nizoli vaziyatlarning erta oldini olishga, eng avvalo, «xavf ostidagi guruh»da bo‘lgan shaxslar va oilalarni aniq maqsadda qo‘llab-quvvatlash orqali ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini takomillashtirishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish;
  4. nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatish sabablarini, o‘z joniga qasd qilish kayfiyatini qo‘zg‘atadigan omillarni aniqlash hamda o‘rganish, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
  5. jamiyatda oilaviy-maishiy tusdagi zo‘rlik ishlatishning har qanday ko‘rinishiga nisbatan, birinchi navbatda, yaqin qarindoshlar tomonidan murosasiz munosabat muhitini, shu jumladan jazo muqarrarligini ta’minlash, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash orqali qaror toptirish;
  6. jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, oilaviy va shaxslararo munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish jarayonlariga daxldorlik hissini kuchaytirish.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari quyidagi masalalar yuzasidan Markazlar bilan hamkorlik qiladi
  1. nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishni o‘z vaqtida aniqlanishini, bartaraf etilishini va oldi olinishini ta’minlash, ularning oqibatlarini, shuningdek, bunday turdagi xatti-harakatlar sodir etilishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
  2. og‘ir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarga, birinchi navbatda, oilaviy nizolarni hal qilish orqali ta’sirchan yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish;
  3. jamiyatda oilaviy-maishiy sabablarga ko‘ra sodir etilgan zo‘rlik ishlatishning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabat muhitini shakllantirish maqsadida nizoli vaziyatlarning, shu jumladan oiladagi nizoli vaziyatlarning erta oldini olish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi vazifalari
  • oilaviy-maishiy sohada qonuniylikni va har bir oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatish, shaxsiy hayotga aralashuv holati bo‘yicha javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq e’tirozsiz va qarshiliksiz odil sudlovdan foydalanishini va to‘liq himoya qilinishini ta’minlash choralarini ko‘rish;
  • Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga nizoli vaziyatlarda va oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatish aniqlangan hollarda samarali harakat qilish o‘rgatilishini ta’minlash.

Chat