Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 27653 marta o'qildi

20 kVt dan yuqori bo‘lgan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish

20 kVt dan yuqori bo‘lgan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish

Bu qanday ishlaydi?

  1. Iste’molchi quvvati 20 kVt dan yuqori bo‘lgan elektr tarmoqlariga ulanish uchun DXMga o‘zi kelib murojaat qilish yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tishi va Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lashi kerak.
  2. DXM (1 soat mobaynida) yoki YaIDXP (avtomatik tarzda) texnik shartlarni ishlab chiqish uchun so‘rovnomani HETK yuborishi kerak.
  3. HETK 3 ish kuni mobaynida texnik shartlarni ishlab chiqishi va Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YaIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuborishi kerak.
  4. HETK loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishga o‘zining tijorat takliflarini hamda shartnomalari loyihalarini ham yuborish huquqiga ega.
  5. Ishlab chiqilgan texnik shartlar iste’molchining aloqa qilinadigan ma’lumotlari ilova qilingan holda loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishga o‘zlarining tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etishi maqsadida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlarining tanishishi uchun YaIDXPda joylashtiriladi.

Tashkilot: "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ

Bog‘lanish: Call-markaz - 1154

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslarga

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Onlayn ariza.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida

Xizmat narxi:   
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori: Yig‘im - 0.09 BHM. 

Elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish

Elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish

Bu qanday ishlaydi?

  1. Talabgor ariza yuborish uchun DXM o‘zi kelib murojaat qilishi yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tish va so‘rovnomani to‘ldirishi kerak. Hamda davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘laydi.
  2. Davlat xizmatlari markazi (1 soat mobaynida) yoki YaIDXP (avtomatik tarzda) elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish uchun so‘rovnomani HETK yuboradi.
  3. HETK so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 1 ish kuni mobaynida joyning o‘ziga chiqib elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash ishlarini amalga oshiradi va bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuzadi.
  4. HETK elektr energiyasini hisobga olish tizimi plombalangan kunning o‘zida DXMga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YaIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) plombalash o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan rasmiylashtirilgan elektr ta’minoti shartnomasini elektron shaklda yuboradi.
  5. Iste’molchi rasmiylashtirilgan elektr ta’minoti shartnomasi tushganidan so‘ng 5 ish kuni mobaynida uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi va HETK tashkilotiga DXM tomonidan (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchi tomonidan YaIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuborishi kerak.
  6. Elektr energiyasini etkazib berish HETK tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi: qonun hujjatlarida oldindan to‘lovni amalga oshirishi nazarda tutilgan iste’molchilar uchun - iste’molchi tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirilgan kuni; qonun hujjatlarida oldindan to‘lovni amalga oshirishi nazarda tutilmagan iste’molchilar uchun - iste’molchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni.

Tashkilot: "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati

Bog‘lanish: Call-markaz - 1154

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslarga

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Onlayn ariza.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida

Xizmat narxi: Bepul

20 kVt dan yuqori bo‘lmagan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish

20 kVt dan yuqori bo‘lmagan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish

Bu qanday ishlaydi?

  1. Iste’molchi quvvati 20 kVt dan yuqori bo‘lmagan elektr tarmoqlariga ulanish uchun DXMga o‘zi kelib murojaat qilish yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tishi va Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lashi kerak.
  2. DXM (1 soat mobaynida) yoki YaIDXP (avtomatik tarzda) texnik shartlarni ishlab chiqish uchun so‘rovnomani HETK yuborishi kerak.
  3. HETK 3 ish kuni mobaynida texnik shartlarni ishlab chiqishi va Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YaIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuborishi kerak.
  4. HETK loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishga o‘zining tijorat takliflarini hamda shartnomalari loyihalarini ham yuborish huquqiga ega.
  5. Ishlab chiqilgan texnik shartlar iste’molchining aloqa qilinadigan ma’lumotlari ilova qilingan holda loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishga o‘zlarining tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etishi maqsadida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlarining tanishishi uchun YaIDXPda joylashtiriladi.

Tashkilot: "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati

Bog‘lanish: Call-markaz - 1154

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Onlayn ariza.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida

Xizmat narxi:
BHMning 9% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 10%).

Yagona portal orqali topshirilganda miqdori:
Yig‘im - 0.09 BHM.

Chat