Gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish borasidagi vazifalar
5230 marta o'qildi
Gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
respublika va hududlar kesimida genderga oid vaziyatni tahlil qilish hamda uning monitoringini yuritish maqsadida xotin-qizlar va erkaklarning norasmiy mehnat bozori sektoridagi, shuningdek hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ishtiroki, ularning davlat tomonidan kafolatlangan imkoniyatlardan foydalanish holati yuzasidan statistik ma’lumotlarni tizimli yuritish;
jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning holatini aks ettiradigan statistik axborotni yig‘ishni, unga ishlov berishni, uni to‘plashni, saqlashni, tahlil va e’lon qilishga oid chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash;
vazirlik va idoralar, tashkilotlar, muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarida jinslar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar yuritilishini tashkil etish, mazkur ko‘rsatkichlarni muvofiqlashtirgan holda yuritilishini ta’minlash;
xalqaro tajriba va standartlarga muvofiq milliy gender ko‘rsatkichlarni takomillashtirib borish;
gender masalalariga oid xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi tashkilotlarni milliy gender statistikasi bilan doimiy ta’minlab borishni yo‘lga qo‘yish;
siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, agrar va ekologiya sohalarida gender statistikasiga oid uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash;
jamiyat hayotining turli sohalaridagi xotin-qizlar va erkaklarning holatini aks ettiruvchi statistik hisobotlarni tayyorlash, ijtimoiy so‘rovlar va tadqiqotlarni o‘tkazish hamda e’lon qilib borish.