Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12022 marta o'qildi

Aholi punktlarida itlar ro‘yxatga olinishi va har yili qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Bu tegishli veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.

  • Ro‘yxatga olish itlarni dastlabki vaktsinatsiya qilishda amalga oshiriladi. Itlarni ro‘yxatga olishda itlarning egalariga belgilangan tartibda itlarni veterinariya pasporti beriladi.
  • Har yili qayta ro‘yxatdan o‘tkazish itlarni takroran vaktsinatsiya qilishda amalga oshiriladi. Bu haqda itlarni veterinariya pasportiga tegishli ma’lumotlar kiritiladi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tegishli veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga itlarni quturishga qarshi o‘z vaqtida vaktsinatsiya qilish uchun itlarni saqlaydigan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lum qiladi.

Zotidan qat’i nazar, 3 oylikdan boshlab itlar vaktsinatsiya qilinishi kerak. Yangi sotib olingan itlar, agar ular vaktsinatsiya qilingan muddat noma’lum bo‘lsa, sotib olingandan keyin bir hafta muddatda vaktsinatsiya qilinishi hamda veterinariya pasporti rasmiylashtirilishi va ro‘yxatga olinishi kerak.

Itlarni ro‘yxatga oladigan veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari
  • vaktsinatsiya qilishda xarajatlar belgilangan tartibda qoplangan holda veterinariya pasportini va jeton shaklidagi ro‘yxatga olish belgisini (itning bo‘yinbog‘iga mahkamlanadi) yoki mikrochiplar (teri ostiga kiritiladi) berishga;
  • itlarning egalarini Qoidalar bilan tanishtirishga majbur. Bu it egasining itni veterinariya pasportiga qo‘yiladigan imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.

Ko‘p qavatli uyning alohida kvartirasida qo‘shnilarning va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining roziligi bilan 1 dan ortiq bo‘lmagan itni va 1 mushukni saqlashga ruxsat beriladi.

  • Alohida uyda itlarni saqlashga faqat bog‘langan holda, erkin sayr qildirishda - atrofi o‘ralgan hududda ajratilgan holda saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
  • Itlar ochiq joylarda sayr qildirilganda va turar joy binolarida itlarning egalari tinchlik saqlanishini ta’minlashlari — ertalab soat 8.00 gacha va kechqurun 22.00 dan keyin itlarning vovillashining oldini olishlari kerak.

Quyidagilar taqiqlanadi
  • itlar va mushuklarni umumiy foydalaniladigan joylarda: zinapoya maydonchalari, cherdaklar, erto‘lalarda, shuningdek oshxonalar, balkonlar va umumfoydalanishdagi peshayvonlarda saqlash;
  • qo‘riqchi itlarni ta’lim va tibbiyot muassasalarida saqlash;
  • itlar va mushuklarni umumiy ovqatlanish korxonalariga, oziq-ovqat do‘konlari va boshqa do‘konlarning savdo va ishlab chiqarish zallariga olib kirish;
  • itlar va mushuklarni ko‘pchilik boradigan joylarda (plyaj, hovuz, favvoralarda va hokazolarda) cho‘miltirish yoki yuvish;
  • mast holatdagi shaxslar va 14 yoshdan kichik bolalarning itlarni sayr qildirishi;
  • itlar bilan jamoat joylarida bo‘lish va jamoat transportiga chiqish taqiqlanadi, ushbu Qoidalarning 12 va 13-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
  • oldini olish mumkin bo‘lgan itlar va mushuklarning o‘lishiga yoki jarohatlanishiga olib kelgan itlar va mushuklarni tashlab ketish, ularga jarohat etkazish, ularni qarovsiz holda qoldirish, ularga ozor berish yoki jismoniy va ma’naviy azob berish, ularga nisbatan boshqa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan harakatlarni sodir etish;
  • itlar va mushuklarni sanitariya-epidemiologiya va veterinariya xizmatlarining ruxsatisiz bolalar muassasalarining zoologiya burchaklarida saqlash taqiqlanadi.

It ochiq joylarda sayr qildirilganda u tumshuqbog‘da va 2 metrgacha uzunlikdagi etovda, jamoat joylarida 1 metrgacha uzunlikdagi etovda bo‘lishi kerak, tumshuqbog‘siz va etovsiz faqat maxsus ajratilgan maydonlarda sayr qildirishga ruxsat beriladi.

  • It va mushuklarni sotib olish, sotish, olib kelish va olib ketishga hayvonning sog‘lig‘i to‘g‘risida veterinariya hujjatlari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

Itlarning egalari quyidagilarga majbur

  • Hayvon egasidan sudning qaroriga ko‘ra yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha olib qo‘yilishi mumkin.

Shaharlar va boshqa aholi punktlarida it va mushuk boqishning qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish choralarini ko‘rmaganlik - jarima solishga sabab bo‘ladi.

Chat