Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 18578 marta o'qildi

Davlat granti nima?

Davlat granti — ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolik jamiyati institutlariga tanlov asosida beriladigan pul mablag‘lari va moddiy resurslar.

Grantlar respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar byudjetlari, Toshkent shahar byudjeti hamda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘lari hisobidan ajratilishi mumkin.

Grant tanlovini kim tashkil etadi?

Davlat grantlari Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi va uning alohida bo‘linmalari orqali ajratiladi.

Jamoat fondi davlat grantlarini taqsimlash maqsadida grant tanlovlarini tashkil etadi. Ijtimoiy foydali maqsadlarga qaratilgan loyihalarni taqdim etgan fuqarolik jamiyati institutlari tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

G‘olib qanday aniqlanadi?

Tanlovga taqdim etilgan loyihalarni ko‘rib chiqish va g‘oliblarni aniqlash Parlament komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Grant ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingach, grant beruvchi va grant oluvchi o‘rtasida tegishli shartnoma tuziladi.

Grant ajratish shartlarini kim belgilaydi?

Fuqarolik jamiyati institutlariga davlat grantlarini ajratish tartibi va shartlari Oliy Majlis palatalari tomonidan belgilanadi.

Chat