Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7945 marta o'qildi

Davlat ijtimoiy buyurtmasi davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti yoki fuqarolik jamiyatining boshqa instituti o‘rtasida shartnoma tuzish yo‘li bilan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun ishlar bajarish yoki tadbirlar o‘tkazishga doir davlat topshirig‘idan iborat bo‘ladi.

Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari orqali, shuningdek davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat organlari ushbu Qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy sheriklik sohalari doirasida o‘z faoliyatining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari qo‘llab-quvvatlashini talab etadigan ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi hamda kelgusi moliya yili uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish to‘g‘risida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlariga buyurtmalar yuboradi. Buyurtmada davlat organi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, ishlar bajarish yoki tadbirlar o‘tkazishga doir topshiriqning maqsadlari, vazifalari va shartlari ko‘rsatiladi.

  • Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish bo‘yicha tanlov tashkil etadi, nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan tushgan takliflarni umumlashtiradi hamda ularni tegishincha Parlament komissiyasiga, jamoat komissiyalariga kiritadi.

Parlament komissiyasi yoki jamoat komissiyalari tegishincha Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, davlat ijtimoiy buyurtmalarini berishning maqsadga muvofiqligi va ularning hajmlari to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi, davlat buyurtmachilarining ro‘yxatini va ko‘rsatilgan mablag‘larni ajratish rejalashtirilayotgan faoliyat yo‘nalishlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni ko‘rib chiqish uchun tegishincha Parlament komissiyasiga, jamoat komissiyalariga taqdim etadi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilayotganda davlat ijtimoiy buyurtmasini berish to‘g‘risida buyurtma yuborgan davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti yoki fuqarolik jamiyatining boshqa instituti o‘rtasida shartnoma tuziladi.

Davlat organlari Parlament komissiyasi, jamoat komissiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha moliyalashtirishni amalga oshirishi mumkin. Bunda qo‘shimcha moliyalashtirish miqdori umumiy moliyalashtirish summasining 20 foizidan oshmasligi lozim.

Davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi va shartlari Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Chat