2023-yil 1 apreldan boshlab parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, subsidiyalar ajratish va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqini faqatgina «my.vetgov.uz» saytida ro‘yxatdan o‘tgan hamda belgilangan tartibdagi mezonlarga mos keluvchi parrandachilik ho‘jaliklariga berish belgilandi.
2022-yil 1-iyundan boshlab Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga ularning buyurtmasiga asosan joylashtiriladigan 400 milliard so‘mgacha kredit resurslari hisobidan parrandachilik ho‘jaliklari va parranda omuxta emi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlariga don zaxirasi yaratish uchun Markaziy bank asosiy stavkasida 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha revolьver kreditlar ajratiladi.
Bunda, ushbu kredit hisobidan tadbirkorlik sub’ektlarining tijorat banklaridan olingan boshqa kreditlarini so‘ndirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
«Parrandasanoat» uyushmasiga a’zo bo‘lgan parrandachilik ho‘jaliklariga 2022-yil 1-iyuldan boshlab 2024-yil 1 yanvarga qadar davrda parrandachilik ho‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya miqdori 12 ming so‘m etib belgilandi.