Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5730 marta o'qildi

2023-yil 1 apreldan boshlab parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, subsidiyalar ajratish va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqini faqatgina «my.vetgov.uz» saytida ro‘yxatdan o‘tgan hamda belgilangan tartibdagi mezonlarga mos keluvchi parrandachilik ho‘jaliklariga berish belgilandi.

2022-yil 1-iyundan boshlab Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga ularning buyurtmasiga asosan joylashtiriladigan 400 milliard so‘mgacha kredit resurslari hisobidan parrandachilik ho‘jaliklari va parranda omuxta emi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlariga don zaxirasi yaratish uchun Markaziy bank asosiy stavkasida 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha revolьver kreditlar ajratiladi.

Bunda, ushbu kredit hisobidan tadbirkorlik sub’ektlarining tijorat banklaridan olingan boshqa kreditlarini so‘ndirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Quyidagilar belgilandi:

a) quyidagi maqsadlar uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlar bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kredit foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun 3 yilgacha «2+1» tamoyilida kompensatsiya hamda kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi:

  • parrandachilik ho‘jaliklari va parranda omuxta emi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib, inkubatsion tuxum, bir kunlik jo‘ja, ozuqa mahsulotlari va uning qo‘shimchalari, dori vositalari, qo‘shimcha komponentlar, bug‘doy, makkajo‘xori, soya doni, soya va kungaboqar shrotini zaxira qilishga aylanma mablag‘larni to‘ldirishga;
  • go‘sht etishtirish yo‘nalishidagi yangi loyihalarni amalga oshirish, barcha turdagi inkubatsion tsexlar, parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash texnologik asbob-uskunalarini, shuningdek, maxsus texnikalar va ularning ehtiyot qismlari hamda boshqa asosiy vositalarni sotib olish va modernizatsiya qilish;

b) parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli davlat dasturlari bo‘yicha kredit mablag‘lari 10 yilgacha muddatga 3 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratiladi.

  • Bunda, asosiy poda (gala)ni shakllantirish, shu jumladan inkubatsion tuxum, jo‘jalar (final gibrid), ona tovuqlar va ota-ona galasini xarid qilish bilan bog‘liq tadbirlar uchun kreditlar investitsiya loyihasini moliyalashtirish sifatida uzoq muddatga ajratilishi nazarda tutilsin.

«Parrandasanoat» uyushmasiga a’zo bo‘lgan parrandachilik ho‘jaliklariga 2022-yil 1-iyuldan boshlab 2024-yil 1 yanvarga qadar davrda parrandachilik ho‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya miqdori 12 ming so‘m etib belgilandi.

Chat