Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5127 marta o'qildi

Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–350-son, 12.08.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq 2022-yil 1 oktyabrdan nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida o‘qishi uchun ta’lim krediti ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda ta’lim kreditlari:
  • Markaziy bankning asosiy stavkasida;
  • BHMning 65 baravarigacha 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga ajratiladi;
  • Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalar farzandlari uchun ta’lim krediti olishda garov va kafillik talab etilmaydi.

2022-yil 1 noyabrdan IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning o‘quv kurslarida tahsil olayotgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompьyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so‘mgacha) iste’mol kreditlari ajratiladi.

Bunda iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlari Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismi Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilinadi.

Chat