«Notarius» axborot tizimida transport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiq yoki xatlov mavjudligi tekshiriladi.
Bunday cheklovlar sudьya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, davlat ijrochisi, notarius, soliq organi, bank yoki boshqa vakolatli organ va tashkilotlarning hujjati asosida qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Taqiq yoki xatlov mavjud bo‘lsa, transport vositasini sotish, hadya qilish yoki boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish cheklanishi mumkin.
Ma’lumotni:
Avtotransport vositasiga qo‘yilgan taqiqni tekshirish
Elektron portallar orqali ma’lumot real vaqt rejimida taqdim etiladi.
Transport vositasi bo‘yicha murojaatda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Vakil murojaat qilsa, uning vakolatini tasdiqlovchi hujjat ham talab qilinishi mumkin.
Qisman tekshirishda transport vositasining davlat raqami, dvigatelь raqami, kuzov raqami yoki boshqa identifikatorlardan biri alohida kiritilishi mumkin.
To‘liq tekshirishda transport vositasi va mulkdorga oid barcha zarur ma’lumotlar kiritiladi.
Transport vositasini sotib olish yoki notarial bitim tuzishdan oldin to‘liq tekshiruvdan foydalanish maqsadga muvofiq.
Tekshiruv natijasi taqiq yoki xatlovni avtomatik ravishda bekor qilmaydi. Cheklovni bekor qilish uchun uni qo‘ygan organ yoki mansabdor shaxsning tegishli qarori talab etiladi.
Majburiyat bajarilgan bo‘lsa-da, taqiq tizimda saqlanib qolgan holda, taqiqni kiritgan bank, davlat ijrochisi, notarius yoki boshqa vakolatli organga murojaat qilish lozim.