Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5080 marta o'qildi

"Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni  (PF–244-son, 09.11.2022-y.) qabul qilindi

Farmon bilan davlat tomonidan tadbirkorlikni tartibga solishning cheklangan vositalari belgilandi.

Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish vositalari faqat normativ-huquqiy va texnik normativ hujjatlar asosida joriy etiladi.

Bunday hujjatlarda belgilanmagan tartibga solish vositalari huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

2023-yil 1 yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:

  • tadbirkorlar ustav fondini kamaytirishga oid qaror to‘g‘risida kreditorlarni yozma xabardor qilish va OAVda e’lon berish;
  • yangi import avtomobillarini faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlari tomonidan sotish;
  • elektrni shartnomadagi hajmdan ko‘p ishlatgan yuridik shaxslarga elektr etkazib berishni to‘xtatib qo‘yish;
  • YaTT tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali soliq organlarida alohida hisobga qo‘yish.

2023-yil 1-martdan:

  • soliq to‘lovchilarga sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qarorlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi;
  • barcha yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali tijorat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi;
  • Hukumat qarorlari bilan amalga oshiriladigan summasi BHMning 3 500 baravari va undan ko‘p davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • vazirlik, idora, muassasa va uning tarkibidagi tashkilot o‘rtasida qiymati BHMning 3 500 baravari va undan ko‘p tovarlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinishi taqiqlanadi.
Chat